20-06-2023 yilda Litva-O‘zbekiston UAB “UZ-EURO TRADE HOUSE” savdo uyining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.
UAB “UZ-EURO TRADE HOUSE” elchixona koʻmagida ish olib boradi, uning maqsadi Oʻzbekiston kompaniyalarining butun eksport mahsulot qatorini namoyish etish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan har bir davlatda savdo uylari ochilmoqda, bundan ko‘zlangan maqsad Yevropa bilan ishbilarmonlik va iqtisodiy aloqalarni ko‘paytirish va mustahkamlash, shu bilan birga uning tadbirkorlari uchun yangi biznes imkoniyatlarini ochishdir. Hozirda bu Litvada Oʻzbekistonning birinchi va yagona rasmiy uyi boʻlib, u oʻzbekistonlik ishbilarmonlarga Litvada, hamda yevropalik ishbilarmonlarning Oʻzbekistondagi savdo-sotiq bilan bogʻliq masalalarni A dan Z gacha hal qilishda yordam beradi.
Klassik qizil lentani kesish marosimida lentani Litva Respublikasi Iqtisodiyot va innovatsiyalar vazirligi vaziri o‘rinbosari Egle Markeviciute va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fazilov kesib oldi.
Tadbir ishtirokchilari:
Fazilov G‘ayrat G‘aniyevich – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari;
Qadambai Sultonov – O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi;
Maman Ismoilov – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i;
Arnoldas Abramavichyus – Litva Respublikasi ichki ishlar vaziri o’rinbosari;
Egle Markeviciute – Litva Respublikasi Iqtisodiyot va innovatsiyalar vazirligi vazirining o’rinbosari;
Kristina Tamosaityte – Markaziy Osiyo bo’limi birinchi kotibi
va boshqa mehmonlar.