Karera

All Time Group har qanday biznes yoki faoliyat inson hayotini yaxshilashi va boyitishi kerak, deb hisoblaydi, aks holda ularni boshlashga ham arzimaydi.

Biz jamoamizda logistikaga qiziqadigan, stressli vaziyatlarda xotirjamlikni saqlay oladigan, qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan va yangi g’oyalarga ochiq bo’lgan odamlarni kutmoqdamiz. Bizga “muammo” so’zini “vazifa”so’zi bilan almashtirishga tayyor bo’lgan jamoa a’zolari kerak. All Time Group kompaniyasi o’z jamoasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi, chunki har bir tashkilotning kuchi – bu uning yetakchilarining kuchi natijasidir. Kuchli yetakchilarsiz kompaniya kuchli bo’la olmaydi.

Agar siz bizning faoliyatimiz bilan qiziqib qolgan bo’lsangiz, quyidagi manzil bo’yicha Sizning rezyumengizni va motivatsiya bag’ishlovchi xatlaringizni kutib qolamiz: info@all-time.lt

Ishning tavsifi:

  • yangi mijozlarni faol izlash va mavjud mijozlar bilan hamkorlik qilish
  • mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va eng yaxshi natijalarga erishish uchun professional yordam ko’rsatish
  • mavjud va potensial mijozlar bilan muzokaralar olib borish
  • rivojlanayotgan muammolar va ziddiyatli vaziyatlarni tahlil qilish va hal qilish
    yuklarni yuqori sifatli va o’z vaqtida yetkazib berishni, shuningdek mijozlar bilan doimiy aloqani ta’minlash
  • yangi savdo imkoniyatlarini aniqlash maqsadida doimiy o’zgaruvchan bozorni monitoring qilish

Talablar:

  • oliy ma’lumot
  • shunga o’xshash ishlarda ish tajribasi
  • Ingliz va rus tillarini bilish ustuvor hisoblanadi
  • stressli vaziyatlarni yengish qobiliyati
  • mustaqil va jamoada ishlash va muammolarni hal qilish qobiliyati
  • tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, pozitivlik, mustaqillik, yaxshi muloqot ko’nikmalari
All Time group - Directions, that matter.

Agar bu Sizning orzuingiz bo’lishi mumkin bo’lsa, bu Sizning haqiqatingizga aylanishi mumkin

Bizning jamoamizga qo’shiling

Agar siz nima istayotganini biladigan va maqsadiga intilayotgan faol inson bo’lsangiz -bizga o’z rezyumengizni yuboring va biz Siz bilan bog’lanamiz.

    Narxni so’rash

      Buyurtmaning batafsil shakli...